“Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun”⚡️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali tashabbusi bilan, viloyati hokimligi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Davlat xizmatchilarining ijodiy fikrlovchi, ma’nan yetuk va davr talablariga javob bera oladigan, yetuk kadrlarni yetishtirishni maqsad qilgan “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasiga start berildi.
⚡️Bu loyiha davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyalari, ya’ni davlat organlarining vakolatlarini talab darajasida amalga oshirishda zarur bo’lgan bilim, ko’nikma hamda malakalrini doimiy ravishda rivojlantirish, davlat xizmatchilari o’rtasida kitob mutolaasini keng targ’ib qilishni bosh maqsad qilgan.
⚡️Tadbir doirasida “Muvaffaqiyatlar maktabi” mahorat darsida Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Polvonov Sherzod Fazliddinovich, Davlat boshqaruv akademiyasi Farg‘ona hududiy filiali o‘qituvchisi Uzaqov Qahramon Pazildinovich, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori Mannopova Nigora Muxammedovnalar tomonidan seminar-trening o‘tkazildi. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ijrosida A.Avloniyning "Advokatlik osonmi?" dramasidan parcha namoyish etildi.
⚡️Davlat xizmatchilarining bilim ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida “Zakovatli xodim” intellektual viktorina o‘yini o‘tkazildi. Ishtirokchilar mantiqiy va tezkor savollarga tez va aniq javob berdilar hamda g'oliblar kitoblar to'plami va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
⚡️Ma'lumot o'rnida ushbu loyiha yil davomida o'tkazishi rejalashtirilgan.
Каnalga obuna bo'lish uchun 👉@Ferganaargos