Bugun 2 ta muhim o‘yinlar bor.♟Birinchisi, Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimiz turnir peshqadami
🇮🇳Hindistonga qarshi dona suradi. Bu, shubhasiz, olimpiada finali sifatida baholanmoqda. Agar, Xudo xohlasa, biznikilar yutsa, unda 1-o‘ringa chiqib olamiz. Agar durang bo‘lsa, unda chempion bo‘lish imkoniyatimiz keskin pasayadi. Agar mag‘lub bo‘lsak, chempionlikdan butunlay umid uzamiz, kuchli uchlikka kirishimiz ham so‘roq ostida qoladi.
Nodirbek hamda
Gukesh bahsi esa, nafaqat terma jamoalar o‘rtasidagi prinsipial bahs, balki yakkalik bahslarida 1-taxta g‘olibligi uchun ham juda muhim. Hozir individual bahsda Gukesh 1-o‘rinda, Nodirbek 2-o‘rinda bormoqda.
Qizlarimiz esa kecha
🇺🇸AQSHga mag‘lub bo‘lgandan so‘ng, 25-o‘ringa tushib ketishdi. Bugun ular
🇷🇸Serbiya bilan bellashadi. Qolgan turlarda g‘alaba qozonsak, kuchli o‘nlikka kirishimiz mumkin, menimcha.
O‘yinlar
soat 18:15 da boshlanadi.
⚽️ Ikkinchi muhim uchrashuv — futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida
🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi
🇨🇷Kosta-Rika bilan o‘ynaydi. Agar g‘alaba qozonsak, guruh bosqichidan chiqamiz. Agar durang o‘ynasak, guruhdan chiqishimiz juda qiyin, lekin nazariy imkoniyat bor. Agar mag‘lub bo‘lsak, biz uchun turnir yakunlanadi.
O‘yin
soat 20:00 da "Humo Arena" majmuasida boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈