TSTU.UZ | NEWS

Channel
Logo of the Telegram channel TSTU.UZ | NEWS
@tstu_newsPromote
10.26K
subscribers
Ushbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi instagram.com/tstu.news facebook.com/tstu.news twitter.com/tstu_news Murojaat uchun: @tstu_news_bot
Universitet rektori Abduraxmanov Odil Kalandarovichni talabalar bilan uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Ochiq muloqotda ishtirok etishni istagan talabalar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Uchrashuv kuni va vaqti haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish

@tstu_online
@tstu_news
⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln soʻmlik “Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni” oʻtkaziladi

📝 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 Gʻoliblar quyidagi miqdorda ragʻbatlantiriladi:
3️⃣-oʻrin 8 mln soʻm;
2️⃣-oʻrin 12 mln soʻm;
1️⃣-oʻrin 20 mln soʻm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan oʻtkazing va gʻolib boʻling!

👉 Tanlovda ishtirok etish
Forwarded from TSTU.UZ | NEWS
Toshkent davlat transport universiteti elektron platformalari

Rasmiy sayt : tstu.uz

Hemis tizimi: student.tstu.uz

Moodle tizimi: moodle.tstu.uz

Kutubxona: elib.tstu.uz

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
AKT vaziri Sherzod Shermatov xorijiy til biladigan insonlarni ishga chaqirmoqda

U o‘zining Telegram kanalida 🇩🇪nemis, 🇰🇷koreys, 🇯🇵yapon, 🇹🇷turk, 🇸🇦arab tillaridan birida ravon so’zlasha oladigan kadrlarga yuqori maoshli ishga taklif qilishi haqida ma’lum qildi. Bunda nomzodlar chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalarda ishlashi mumkin.

Tillar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari soni quyidagicha;

🔹nemis tili — 800+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹koreys tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹yapon tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹turk tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹arab tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni.

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, unda quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin:

📝 https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Ish joyi xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistondagi ofislarida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😴 “Uyqichi talabaning bir kuni”

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan #student_life chellenjida ishtirok eting va bizga (@media_centre_tstu) o‘z Reels videolaringizni yuboring.

🏆 Eng yaxshi Reelslar universitetning asosiy sahifalarida joylanadi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Ushbu rolikdagidek uyqichi kursdoshingizni izohlarda belgilang!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti “QS Asia University Rankings 2025” reytingida Top-800 universitetlar qatoridan joy oldi

Batafsil
🇰🇷 KOICA orqali Koreys tilini bepul o‘rganish imkoniyati!

Toshkent davlat transport universitetining barcha talabalari uchun ajoyib yangilik. KOICA tashkiloti tajribali o‘qituvchisi bilan bir yil davomida koreys tilini chuqur o‘rganish imkoniyati mavjud. Darslar bepul va barcha talabalarga ochiq.

Darslar muddati va hajmi: 1 yil, haftasiga 20 soat
Darajalar: Boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalar
Qo‘shimcha afzalliklar: Kurs davomida barcha darsliklar va resurslar KOICA tomonidan taqdim etiladi
Kursni tugatgach: Talabalarga sertifikat beriladi

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Melike Basbinar bilan bog‘laning: +998910115091
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning 30 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat transport universiteti professor-oʻqituvchilari va xodimlari maxsus esdalik koʻkrak nishoni hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Barcha ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Batafsil
Toshkentdan Issiqkoʻlga turistik poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi temiryo‘l kengashining 81-yig‘ilishi doirasida “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ raisi Z.Narzullayev va “Qirg‘iz temiryo‘li” rahbari A.Sakiyev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2025-yil yozidan Toshkent–Baliqchi yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini boshlashga kelishib oldi. Bu yangi yo‘nalish Issiqko‘lga sayyohlar oqimini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

@TSTU_NEWS
“O‘zbekiston temir yo‘llari” – 30 yillik ishonchli yo‘ldosh!

Bugun, 7-noyabr “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkil topganiga 30 yil to‘ldi. Ushbu yillar davomida kompaniya butun mamlakatni bog‘lovchi qulay va ishonchli transport tizimini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Elektrlashtirilgan yangi yo‘nalishlar, tezyurar poyezdlar va zamonaviy bekatlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning yirik transport markaziga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Kelajakka intilib, kompaniya yanada qulay va ekologik xavfsiz transportni joriy etishga, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” 30 yil davomida ko‘plab yutuqlarga erishib, aholi uchun ishonchli yo‘ldosh bo‘lib kelmoqda.

@TSTU_NEWS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent metrosi: 47 yillik tarix va bugungi ahamiyat

Bugun, 6-noyabr Toshkent metrosining ochilganiga 47 yil to‘ldi. 1977-yilda o‘z eshiklarini ochgan Toshkent metrosi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda birinchi metropoliten sifatida tarixga kirdi. Yillar davomida metro poytaxtning ajralmas qismiga aylandi va minglab yo‘lovchilar uchun ishonchli, xavfsiz va qulay transport vositasiga aylanishda davom etmoqda.

Toshkent metrosi bekatlari o‘zining noyob dizayni va madaniyati bilan ham mashhur. Har bir bekat milliy o‘ziga xoslik va tarixiy mavzular bilan bezatilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi nafaqat mahalliy, balki xorijlik sayyohlar uchun ham qiziqdir. Metro bekatlarida shahar arxitekturasi va san’atining noyob uslublari uyg‘unlashib, Toshkentning zamonaviy va tarixiy qiyofasini aks ettiradi.

@TSTU_NEWS
#Tarix

1977-yil 6-noyabrda Toshkent metrosi aholiga xizmat koʻrsatishni boshlagan.

Qaysi liniya birinchi ochilgan?
⚡️Aytishlaricha, talabalarga stipendiya tusha boshladi. Tekshirib koʻring.

@TSTU_NEWS
2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirish imkoni mavjud.

@TSTU_NEWS
❗️Toshkentda 7-noyabrdan bosqichma-bosqich issiqlik bilan taʼminlash boshlanadi
#savob

❗️SIZNING QONINGIZ BIROVLARNI HAYOTINI SAQLAB QOLADI!!!

📌 BUGUN fontan oldida "Qon topshir, hayot in'om et!" shiori ostida donorlik tadbiri o'tkazilmoqdi.

📍 Qon topshirish istagida bo'lganlar bugun 13:00 ga qadar Fontan oldida yig'ilishlari so'raladi (Avtobus tashkil qilingan).

🔮 Qon topshirgan donorga 10 xil qon tahlillari bepul tekshirib beriladi hamda quyultirilgan sut, gematagen, bulochka, tuxum bepul olishlari mumkin bo'ladi.


Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
Talabalar tomonidan Universitetda kuz mavsumi ranglarini aks ettiruvchi #Autumnmood nomli Reelslar tayyorlandi! 🍂📸

P.S.: Siz ham o‘z Instagram sahifangizga shu mavzudagi Reelslarni joylang va
@tstu_officialpage rasmiy sahifasini belgilang. Eng sara Reelslar tanlab olinadi va rasmiy sahifamizda joylanadi. 🍁

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Telegram Center
Telegram Center
Channel