Hanafiy Fiqhi Fakulteti 🇯🇴

Channel
Logo of the Telegram channel Hanafiy Fiqhi Fakulteti 🇯🇴
@hanafiykulliyasiPromote
1.54K
subscribers
63
photos
28
videos
42
links
Iordanyadagi Dr Saloh Abulhaj mudirlik qilayotgan Xalqaro Islomiy ilmlar unversiteti Hanafiy fakultetinig O‘zbek tilidagi telegram kanali Murojat uchun: @hanafiy_kulliyasi @ummu_safia1 https://t.center/hanafiykulliyaG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
مقتطفات من حفل إشهار كتاب أكليل الألماس في الحيض والنفاس للأستاذ الدكتور صلاح أبو الحاج المترجم الى اللغة الاوزبكية في وزارة الأوقاف جمهورية أوزبكستان مدينة طشقند بحضور ثلة من أساتذة المعاهد الشرعية والداعيات والواعظات و طالبات العلم

https://t.center/hanafiykulliyasi
#Xushxabar

WISE universiteti Hanafiy fiqhi fakultetida ta'lim olish istagida bo'lgan ayol-qizlar uchun

Shayx Saloh Abul Haj hazratlari ta'sis etgan "Anvar ul-ulamo" ilmiy markazida yotoqxona tashkil etildi.
Yotoqxonada Unversitetda olgan darslarni tayorlash uchun va qo‘shimcha darslar qilish uchun barcha sharoitlar mavjud.

Shartlar:

— Arab tilini puxta bilish, o'qish (mutolaa), yozish va tinglab tushunish ko'nikmalari juda yaxshi shakllangan bo'lishi;

- Maktabni tugatgan va 17 yoshdan yuqori bo‘lishligi

— Unversitetga o‘qishga kirgandan so‘ng Hanafiy fiqhi fakultetidagi o'rtacha bahosi 90 % dan yuqori bo'lishi;

Ma‘lumot uchun :@ummu_safia1
🇯🇴Iordaniyadagi Prof. Dr. Saloh Abul Hajj mudirlik qilayotgan

“XALQARO ISLOM ILMLARI UNIVERSITETI” Hanafiy fiqhi fakultetiga
talaba boʻlish orzusidagi yigit-qizlarni
Hech qanday imtihonlarsiz quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga taklif qiladi:

📚Qozilik va fatvo ishi;

📚Hanafiy fiqhi;

📖Jamiyatshunoslik va axloq.

Qabul shartlari :
-Arab tilidan Sarf va Nahv ilmlarini  yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishi  va  mutolaasi shakllangan boʻlishi hamda eshitib tushunish koʻnikmalari 70% boʻlishi✔️

- 17 yoshdan yuqori boʻlishi kerak;

Yarim yillik oʻquv mavsumi  toʻlovi 560 $ 
(o‘quv pulini bo‘lib to‘lasa ham bo‘ladi)

Hujjatlar tayorlashga (tarjuma legolizatsiya Urdundagi idoralardan pechat olish)200$

Oylik talaba xarajati 150$ - 250$ atrofida;

Oʻquv rejasiga butun dunyo tan oladigan kitoblar darslik sifatida kiritilgan va Iordaniya ta‘lim vazirligi tomonidan tastiqdan o‘tgan

🌐Murojat uchun
@hanafiy_kulliyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇴 Amman shahri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iordaniyaga  kelib o’qish  haqida 

Iordaniyadagi narx navolar ham hozirgi paytdagi O‘zbekistondagi narx navolar bilan deyarli bir xil.
Talaba uchun o‘rtacha 150$dan-400$ dan gacha, va oilaviy talabaga esa 400-800 atrofida pul ketadi. Maktab yoshidagi bolalari bo‘lgan talabalar albatta maktabga bolalarini berishlari kerak bo‘ladi. Maktab to‘lovlari yillik 1000$ atrofida bog’chalar esa oyiga 60$ dan boshlanadi.
    
Universitetning alohida talabalar uchun yotoqxonasi mavjud emas.
Har bir talaba o’zi uy topib, ijarada yashayveradi sheriklar bilan turilsa arzon tushadi, kichikroq  xonadonlar ijarasi bir oy uchun 160$ bu kvartiralarda 2-3 kishi ham tursa ham bo’ladi. Yoki kattaroq bir uyda 4-5 talaba yashasa, har bir kishiga  60-70 $ dan to’g’ri kelishi ham mumkin.

Hujjat tayorlash
Hujjat tayorlash uchun  talaba bo’lmoqchi bo’lgan abuturent 17 yoshdan katta  bo’lishi va maktabni bitirgan bo’lishi kerak. Avval attestat  arab tiliga  notarial tarjima qilinib, tashqi ishlar vazirligidan legolizatsiya qilinadi, odatda tarjima idorasida shu ikkalasini ham qilib beradi va tarjima va legolizatsiya to’lovi
400-700 ming so’m atrofida bo’ladi. Maktabni 9 yil o’qib bitirib  so’ng kollej yoki letseyda o’qigan abuturent 9 yillik maktab shahodatnomasini ham kollej diplom va uning ilovasini ham tarjima qilib legolizatsiya qilishi kerak.                                                  
 
Ikkinchi qilinadigan ish esa tayyor xujjatlarni  Toshkent shahrida joylashgan Urdun elchixonasiga olib borib tasdiqlab olish kerak boladi. 


Shu bilan birga barcha hujjatlarni   elchixonaga bormasdan bir joyda tayorlasa  ham bo’ladi tarjima markazi hujjatlarni tayorlab berish va  elchixona xizmatlarini inobatga olib  haq oladilar. Bu tahminan 700-900 ming som boladi

IORDANIYAGA KELISH

Iordaniyaga kelish uchun turli aviakompaniyalar mavjud jumladan, “Turkish airlines”, “Fly Dubai”, “Air Arabia” “Wizz air” havo yoʻllari orqali kelish mumkin.
• Koʻp yuk bilan kelsangiz “Air Arabia” orqali.
• Komfort sayohat qilmoqchi boʻlsangiz “Turkish airlines” orqali..
• Yoki eng arzon yoʻli bilan kelishni istasangiz, “Wizzair” orqali 150$ga ham bormagan narxda bilet sotib olib safar qilishingiz mumkin.

SO’NGRA IORDANIYAGA KELIB QOʻNDINGIZ.

Iordaniya aeroportiga kelib tushganingizdan keyin, aeroportning oʻzida 60$ga viza olasiz. Viza olish asnosida, kelayotgan muassasaning manzilini taqdim qilishingiz kerak boʻladi, misol uchun Tabarbur desangiz kifoya qiladi.  Shuningdek borib oʻqiydigan oliygohingizni aytib, oʻsha dargoh uchun rasmiylashtirgan hujjatlaringizni koʻrsatasiz va viza olish ishlaringiz shunga koʻra osonlashadi.
Viza olish jarayoni bor yoʻgʻi 10 daqiqada bitadi.

MEHMONXONALAR, IJARAGA UYLAR,   TALABAR    YOTOQXONASI haqida


Aeroportdan yashamoqchi bolgan joyingizgacha taksida   40-50$ ga olib kelib qoyadi  (Amman shaxriga shu narx)
O’rta darajadagi mehmonxonalarni bir kechaga   35-45 dollardan topsa boladi.
Ijara uylar ikki turli bo’lib jihozlangan yoki uy ashyolari bilan jihozlanmagan kvartiralarga bo’linadi . Jihozli kvartiralarni haftalik oylik shaklda ijaraga olsa bo’ladi va bularni Urdunga kelishingizdan avval quyidagi sayt orqali sotib olsa ham boladi

opensooq.com

Agar talaba talabalar yotoqxonasida yashamoqchi bo’lsa oylik yotoqxona to’lovi  50 -70$ ni tashkil qiladi.Talabalar yotoqxonasida   turmoqchi bo’lganlar shu profilga murojat qilishingiz mumkin

t.center/hanafiy_kulliyasi.
🎉 Навбатдаги янгилик! «Марваридлар шодаси» китоби нашр қилинди

Одинахон Муҳаммад Содиқ томонларидан нашрга тайёрланган «Марваридлар шодаси» китоби нашр қилиниб, сотувга чиқди.

📚 Мазкур китоб Урдунлик машҳур устоз, ҳанафий фиқҳининг забардаст олими доктор Салоҳ Абул Ҳож Ҳанафий ҳазратларининг қаламига мансуб «Акаа-лилул-маас фии қовааъидил-ҳайзи ван-нифаас» («Ҳайз ва нифос қоидаларига оид олмос тожлар») номли китобнинг ўзбек тилидаги таржимасидир.

Китобда аёлларга хос масалалардаги энг муҳим қоидалар баён қилиниб, сўнг уларга тегишли фатволар берилган, китоб охирида эса мавзу доирасида савол- жавоблар келтирилган.

👉 Нархи: 24 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr
“Anvarul Ulamo” markazi ta’sis etilgan bo’lib, ushbu dargohda hanafiy fakultetining doktorlari tomonidan barcha uchun ochiq bepul darslar, ilmiy suhbatlar, va bahs munozaralar tashkil etilgandir. Ushbu ilmiy markazda Hanafiy fiqhi fakultetining a’lo darajada o’qiyotgan talabalari bepul yotoqxona va oziq-o’vqat bilan bepul ta’minlanadilar va talabalar uchun alohida darsxonalar tashkil etilgan bo’lib, ular bu yerda universitetdan tashqari bo’lgan vaqtlarida zamonaviy uslubda fiqh, va uni voqelikda tatbiq qilish, aqida va tasavvuf kabi ilmlarni tahsil oladilar. Va asosan quyidagi kitoblardan darslar bo’ladi:
1. Xulosatud daloil va tanqihul masail fiy sharhil quduriy lilustaz adduktur Solah Abulhaj
2. Tuhfatul muluk Dr Ahmad Rayhan
3. Hikamul atoiyya Ustoz Muazz Havvo
4. Hayatus sohaba shayx Sulaymon
5. Minnul Fattah fiy sharhi maroqiy alfalah Dr Saloh
6. Sullam fiy ilmil mantiq
7. Usulush Shashiy
8. Dovul ma’aliy limulla Ali Qoriy va yana boshqa mo’tabar kitoblar o'qitilmoqda
Иорданядги Исломий илмлар Унверситети, "Ҳанафий фиқҳи факультети" талабалари барча ватандошларимизни Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллиги байрами муносабати билан самимий қутлайди!

يتَقَدَّمُ طلاب كلية الفقه الحنفي إلى أهل أوزبكستان بأجمل آيات التهنئة والتبريك بمناسبة عيد الاستقلال الثالث والثلاثين
كل عام وأنتم بخير وبلدكم أوزبكستان الحبيبة في أمن وأمان واستقرار!
Ушбу дарахт Урдуннинг Азроқ
вилоятида жойлашган бўлиб, хали ҳам тақир чўлнинг ўртасида яшнаб, кўкариб турибти. Баъзи ривоятларда ворид бўлганидек, Росуллуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ва у зотнинг ҳамрохлари билан Шомга кетаётган тижорат карвонида сафар қилганларида шу дарахтнинг остида дам олганлар.
Дарахтнинг баландлиги 11 метрдан ошади. Аллоҳ таолонинг фазли экан, унинг атрофида ҳеч қандай ҳаёт изи бўлмаган саҳрода бу дарахт кенг, ям-яшил бўлиб туради. Амман шаҳридан 150км узоқликда жойлашган ушбу дарахтни кўрган одам, Росулуллоҳга бўлган боғлиқлиги сабабидан беихтиёр у зот соллаллоҳу алайҳи васалламни хотиралаб эсга олади.

t.center/hanafiykulliyasi
More