O'ylasam yurakni vahima bosar,
O'ylar juda og'ir, juda ham og'ir.
Ketsam, qismatimga qaro qor yog'ar,
Qolsam, yuragimga yog'moqda yomg'ir.
Na to'xtar na yo'lga boshlaydi tana,
Ruhim ham negadir na shod na g'amgin.
Qolsam uvolingga qolaman yana,
Ketsam, savolingda qolaman tag'in.
Nechun olqagancha oh-zorlaringni,
Malomat yog'ilar bilmasdan tinim?
Nechun men suyaman ozorlaringni,
Nechun men suyaman, suymaydi jinim?..
Meni tushunmadi bu yerda hech kim,
Men ham anglamadim hech kimni, ammo,
Qolsam, nechun shayton hiringlaydi jim,
Ketay desam, nechun yo'l bermas Xudo?...
💡Odil Ikrom
✈️Telegram 📷Instagram