#Samarqand_viloyati
Samarqand shahridagi 29-maktab yaqinida joylashgan ko‘p yillik daraxtlarning ildiz tizimiga zarar yetgani haqida bizga murojaat kelib tushdi. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bu holat qurilish ishlari yoki yer qazish faoliyati tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Mazkur hududdagi daraxtlar nafaqat shaharning tabiiy ko‘rinishini saqlash, balki ekologik muvozanatni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ildiz tizimiga yetkazilgan zarar esa daraxtlarning nobud bo‘lishiga olib kelishi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur holatni atroflicha o‘rganish maqsadida Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlaridan bu masalani chuqur o‘rganib chiqishlarini so‘raymiz.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni
@ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni
@eklguz_bot orqali yuboring!
Instagram |
Facebook |
Twitter |
Sayt |
Youtube