View in Telegram
Egasi yoʻq muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlangach, 1995-yili maktablar uchun qoʻllanma sifatida imlo lugʻati nashr etildi. Keyinchalik 2013-yili 85 000 dan ortiq soʻzni oʻz ichiga olgan va hozircha oʻzbek lotin alifbosidagi eng qamrovli imlo lugʻati bosmadan chiqdi. Ikki lugʻatdagi bir necha oʻnlab soʻzlar imlosida farq bor. Shu sababli foydalanuvchilar orasida turli tushunmovchilik va chalkashliklar paydo boʻlgan. 2013-yilgi lugʻat chop etilganiga ham sakkiz yil boʻlyapti. Lekin qaysi lugʻatga asoslanish kerakligi haqida haligacha aniq koʻrsatma yoʻq. Xoʻsh, bu masalani kim hal qilib beradi? Davlat tilini rivojlantirish departamentimi, OʻzRFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutimi yoki Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetimi? Ayni damda Milliy oʻquv dasturi boʻyicha darsliklar yangitdan ishlanyapti. Bu jarayonda qaysi bir lugʻatdan foydalanish masalasi koʻndalang turibdi. Shu paytgacha chiqqan aksariyat darsliklar 1995-yilgi lugʻatga asoslangan. Oʻqituvchilar oʻn yillar davomida oʻquvchilarga soʻzlarni sentabr, oktabr, budjet, miniatura, drijor shaklida yozishni oʻrgatib kelgan. Ammo 1995-yilgi lugʻatdan davomli foydalanish oʻzini oqlamaydi. Chunki unda soʻz kam. Oddiy natyurmort, kompyuter kabi soʻzlar kiritilmagan. Holbuki, hozir bu tushunchalar bilan oʻquvchilar birinchi sinfdayoq tanishyapti. Batafsil: https://daryo.uz/k/2021/05/22/egasi-yoq-muammo-imlodagi-chalkashliklarga-yechim-kerak/ ©️Orif Tolib, Respublika ta'lim markazi mutaxassisi Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily