View in Telegram
#Ziyolilar Bugungi ziyolilar kim? Dostoyevskiyni o‘qimasdan ziyoli bo‘lish mukinmi? Pushkinnichi? Ehtimol, "Kichkina shahzoda"ni o‘qimaganlarni yosh ziyolilar qatoriga qo‘shishmas?! Balkim, ziyoli Abdulla Qodiriyning asarlarini to‘liq bilgan odamdir? Ehtimol, ziyoli jadidlar haqida tadqiqot qilib, doktorlik darajasini olgan odamdir? Shumi ziyoli?! "Xix, kutubxonaga Lermontovni qidirib kirsam, turk adabiyotini olib tashlashibdi", deyish ziyolilikmi?! Aslida, ziyoli degani nurli deganidir. Nurli odam o‘zidan nur tarqatadi, boshqalar esa o‘sha nurdan foydalanadi. Bu huddi sirotdan o‘tayotganda orqadagilar "nuringizdan bizga ham bering" deb so‘ralganidek, o‘ziga ham boshqalarga ham manfaat keltiradigan nur bo‘ladi. Barcha fanlarning otasi, birinchi muallim unvoniga ega bo‘lgan yunon mutafakkiri Arastu ziyolimi? O‘z davri uchun ha, lekin bugun uchun yo‘q. Nimaga? Chunki uning ziyosi bugunni yoritolmaydi. Xuddi o‘ninchi asrni ham yoritolmagandek. O‘shanda nima bo‘ldi? Oramizdan Forobiy chiqib, Arastuning fikrlarini zamonasiga moslab berdi. Uning fikrlaridagi hikmatni topib, o‘zining falsafasi bilan sayqallab, o‘z davridagi eng ilg‘or g‘oyalarni ilgari surdi. Shuning uchun ham, u Arastudan keyingi Ikkinchi muallim unvoniga sazovor bo‘ldi. Bugun Forobiyning asarlarini ming martta o‘qigan ziyolimi? Yo‘q, bugun uning asarini o‘qigan inson xuddi Ibn Sino Arastuning asarini o‘qib tushunmaganidek, qirq marta o‘qisa ham darrov tushunmaydi. Bugungi ziyoli, xuddi Forobiy qilganidek, Ibn Sino, Beruniy, Ibn Xoldun, Ibn Rushd, Ibn Arabi, Ibn Tufayl, Kindi kabi sharq allomalarining asarlarini o‘qib, undagi hikmatni bugungi kun haqiqatlari bilan sayqallab, bugungi kun o‘quvchisining qalbiga yetkazib berolgan kishidir. Ming kitob o‘qiganing bilan undan jamiyatga manfaat chiqarib bermasang, ilmli bo‘lasan, ziyoli emas. O‘sha ilmga amal qilsang qilding, agar qilmasang, kitob ortilgan eshak bo‘lasan, ilmli emas. Garchi u kitoblar Lermontovniki bo‘lsa ham. - Said Komil 📚 @e_kutubxona
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily