#Kitobdan
O'tgan asrda Andijonda ko'pchilik musulmonlarga peshvo bo'lib o'tgan ulug'larimizdan biri Fattohhon mahdum bunday degan ekanlar:
"Men "Hamsa"ni to'rt marotaba o'qib chiqdim. Birinchi o'qiganimda, uni shunchaki muhabbat haqidagi hikoyalar ekan, deb o'yladim. Keyingisida ularda oyat-hadislarning ma'nolari bor ekanini payqadim. Uchinchi, to'rtinchi bor o'qiganimda, ular Islomdan boshqa narsa emasligini angladim".
- "Navoiydan chu topqaylar navoe" asaridan
π@e_kutubxona