#Tildan_saboqlar
Ko‘p kuzatyapman, o‘zbeklar orasida ham "bla... bla... bla..." deyish urf bo‘libdi.
Yana o‘risga taqlid! Yana o‘ylamay o‘rischa so‘zlarga sig‘inish! Yana o‘zbekchani kamsitish!
Kirmagani shu qoluvdi o‘zi!
Muncha birovnikini yaxshi ko‘radigan millatmiz?!
Ichimizda "Meniki emassan sen! Tur yo‘qol! Menga o‘zimizniki yetadi!" degizdiradigan tuyg‘u yo‘qmi?! Qolmaganmi?! O‘lganmi?!
Do‘stlar! Aka-uka va opa-singillar!
Tilning ham o‘ziga yarasha mahramiyati bor. Til yetti yot begonalar ruxsat so‘ramay bostirib kirib ketaveradigan karvonsaroy emas! Har bir millat o‘z tilini xuddi qizini, opa-singlisini, xotini va onasini yomon ko‘zlardan, tajovuzlardan asragandek asrashi lozim!
Oldin ham ko‘p yozganman:
TIL DAYUSI bo‘lib qolmaylik! Tilimizga rashkli, qizg‘anchiq bo‘laylik!
O‘zbek tilimizda ko‘plar qo‘llayotgan shu "bla... bla... bla..."ni aniq ifodalaydigan "valaqlash" degan juda chiroyli so‘z bor. "Valaqlayapti", deng. "Valaqlama!" deng. "Valaqi-salaqi", deng. Juda agar uch marta takrorlamoqchi bo‘lsangiz, "valaq... valaq... valaq..." deng! Aytmang shu "bla... bla... bla..."ni!
Bo‘ladi-ku axir! O‘ris emassiz-ku axir! O‘zbeksiz-ku axir!
Oldin bilmagan yo unutgan bo‘lsangiz, endi bilib oldingiz. Iltimos, keling, bugundan boshlab shu o‘rischa "bla..."ni tilimizdan siqib chiqaraylik, kelgan yeriga haydaylik, o‘rniga o‘zimizning so‘zni tiklaylik! Yashataylik!
-
Nurulloh Muhammad Raufxon
📚 @e_kutubxona