#Ziyometr
Mendan ziyolilar kim va ularni qanday ajratamiz, deb so‘rashadi.
Ibn Rushd aytadi: "
Insoniyat orasida omma doim ko‘pchilikni tashkil qilgan"
Agar Lozim bo‘lganda Qur’on ilmiy dalil va mantiqiy bahslarga to‘la bo‘lgan bo‘lardi. Ammo buni ommaning aksari tushunmagan, oqibatda Qur’onni chetga surgan bo‘lardi.
Qur’onda uch turli yondashuv bor:
1)
Aql egalari uchun hikmat va tafakkurga chorlov.
2)
O‘rta tabaqa uchun mujodala va bahs.
3)
Omma uchun go‘zal mav’iza, xushxabar va ogohlantiruv.
Har bir qatlam uchun ular qabul qiladigan darajada yondashuv. Shuning uchun ham Qur’on barcha insonlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun nozil bo‘lgan. Ya’ni bashariyatga ziyo bo‘lgan.
Ziyolilar ham shunday bo‘lishi kerak.
Ziyoli ommani aybi uchun kamsitmaydi, qoloqligi uchun istehzo qilmaydi, ulardan qodir bo‘lmagan narsani kutmaydi.
Balki ommani omma tushunadigan tilda zulmatdan nurga chaqiradi.
Neojadidchilarning va ayrim o‘zidan ziyoli yasab olgan modernistlarning "bizning o‘zbeklar", "bizni xalq", "musulmonlarning aksari" deb ommani malomat qilishini ko‘rasiz.
Ha, bugungi kun o‘zbeklari shunday, ham 150 yil qaramlikda yashab, yana 30 yil diniy ta’limdan mosuvo yashagan bechora musulmonlarning ahvoli shunday, ziyolilar zimmasiga tushgan ommaning holi shunday.
Ularni zulmatdan nurga chiqarolsangiz gapiring, nurga chiqvolib qorong‘udagi ommani kamsitmang.
Ziyoli o‘zi mas’ul bo‘lgan ommaga rahm-shafqat bilan, latiflik bilan qaraydi, shundan ularni taniysiz.
-
Said Komil
📚 @e_kutubxona