#Kitobdan_parchalar
Jorj Oruell. "1984" romanidagi tagiga chizib o‘qilgan satrlar• Erkinlik ikki karra ikki to'rt ekanini ayta olishing.
• Agar hamma ta’minot va farog‘at imkoniga ega bo‘lsa, avval qashshoqlikdan laqma bo‘lgan ulkan bir omma savod chiqaradi va mustaqil fikrlay boshlaydi; keyin bu odamlar erta yoki kech hokimiyatdagi imtiyozli ozchilik kerak emasligini tushunib qoladi va ularni tepadan irg‘itib yuboradi.
• Ular harob yerda tug‘iladilar. 12 yoshdan ishlaydi, 20 yoshida uylanishadi. 30 yoshida yoshligidan asar ham qolmaydi, asosan 60 ga kirib o‘ladilar. Og‘ir jismoniy mehnat, qo‘shnilar bilan urush-janjal, kino, futbol, pivo va eng asosiysi qimor o‘yinlari. Ularni boshqarish juda oson.
• Ular toki ongli bo‘lmaguncha isyon qilmaydilar, toki isyon qilmaguncha ongli bo‘lolmaydilar.
• Insoniyat shunday bir tanlov oldida turadi: erkinlik kerakmi yoki baxt, aksariyat ko‘pchilik uchun erkinlikdan ko‘ra, baxtli bo‘lish ― yaxshiroq.
• Balki inson sevilishdan ham ko‘ra tushunilishga muhtojdir.📚@e_kutubxona