📚 O'zbek adabiyoti durdonalari
👤 Mirzakalon Ismoiliy
📘 "Farg'ona tong otguncha" (roman)
🔎 PDF (15.6 MB)
XX asrdagi mashhur asarlardan biri “Farg‘ona tong otguncha” romani qamoqxonada yozilgan edi. Yozuvchi kitobxonga yozgan maktubida: “men bu kitobni yoza turib qanchalar yig‘laganman, qanchalar qon yutganman!.. Bilsangiz, peshanamda temir panjara, tepamda o‘limtik chirog‘ning o‘lib bo‘lgan qora nuri, ostimda zax, sovuq beton, eshigida otning kallasidek qulf!.. Qo‘ying, boshqa tafsillarning qorasi o‘chsin! Bu shunchaki bir kitob emas, yo‘q, shaxsga sajda davrining qora kunlarida ming azob, ming to‘lg‘oq bilan tug‘ilgan bir g‘arib xilqat. Ha, xilqat!.. Bu mening yig‘lay-yig‘lay topgan bolam!” deb ta’rif bergan edi.
📚 @e_kutubxona