Nima uchun yoziladi?
Hajvchi adib Moris Safir bir yozuvchi bilan tortishib qoladi. Suhbatdoshi qizishib ketadi va gʻazabi qoʻzib:
– Siz, qadrdonim Safir, faqat
pul uchun yozasiz, men esa faqat vijdon uchun yozaman, – deydi.
– Doʻstim, – deb javob qaytaradi Safir, – ikkovimiz ham oʻzimizda yoʻq narsa uchun yozamiz-da!
👉 Mashhurlar hayotidan
@oriftolib