View in Telegram
OTA-ONALAR KONFLIKTLARINING BOLALAR PSIXOLOGIK SALOMATLIGIGA TA'SIRI HAQIDA Ota-onalar o'rtasidagi mojarolar har qanday yoshdagi bolalarga, chaqaloqlardan tortib o'smirgacha, salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu mojarolar natijasida bolalarda o'ziga nisbatan ishonchsizlik (chunki bola oilaning barqarorligiga shubha qila boshlaydi), ota-onalar bilan munosabatlarning yomonlashuvi (stress holatida bo'lgan ota-onalarning zarur g'amxo'rlik va empatiyani namoyon qilishi qiyinlashishi mumkin) yuzaga kelishi ehtimoli yuqori. 2012–2019-yillarda AQShda o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘rta sinf oilalari va kichik yoshdagi bolalarni o‘z ichiga olgan holda olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ota-onalar o‘rtasidagi tez-tez sodir bo‘ladigan janjallarga guvoh bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar o‘smirlik davrida depressiya, xavotir va xulq-atvor muammolariga ko‘proq duch keladi. Nima qilish kerak? O'zingizning murakkab ("bahsli") vaziyatlardagi xatti-harakatlaringizga e'tibor bering - bolalaringizning yoshi nechada bo'lishidan qat'i nazar, ular oilaviy mojarolar tufayli qay darajada tashvishlanayotganini sezishga harakat qiling. Ota-onalar o'rtasidagi kelishmovchilik faqat janjallar bilan birga kelgandagina bolaga zarar yetkazadi deb o'ylash noto'g'ri. "Tinch" va go'yoki e'tiborsiz ko'rinadigan muomala - masalan, bir-birini ich-ichidan yomon ko'rish - bolaga xuddi shunday salbiy ta'sir qiladi. Mojaro vaqtida zararli xatti-harakatlarga quyidagilar kiradi: masxaralash; haqorat qilish; ajrashish bilan qo‘rqitish; buyumlarni uloqtirish; to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotdan qochish va aloqa o‘rnatmaslik. Ko‘pincha ota-onalar ochiq mojarodan qochish yoki sherikni bir necha kun davomida sukut bilan “jazolash” orqali bolalarga zarar yetkazmayapmiz, deb o‘ylashadi. Ammo bu paytda bolalar bizga qarab muammolarni hal qilishni va mojarolarni boshqarishni o‘rganadi. Ota-onalarning xatti-harakatlari bolaning juftlikdagi munosabatlar haqidagi umumiy tasavvurini shakllantiradi. Agar ota-onalar bir-birlariga hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishsa, bolalar bunday munosabatni odatiy hol deb bilishadi va ehtimol, boshqalarga o‘zlariga nisbatan shunday munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yishadi. Ba'zida nizolar nazoratdan chiqib, ota-onalar tilini tiyib tura olmaydilar, bolalar esa tasodifan bu gaplarni eshitib qoladi. Nima qilish kerak: Voqea sodir bo‘lganini bolaga tushuntiring, umumiy sabablarni izohlang (masalan, “dadang yana ichib oldi” emas, balki “kecha mehmonlarda biroz tortishib qoldik”). Farzandingiz yoshiga mos tushuntirishni tanlang. Bolani tinchlantiring, bu faqat tushunmovchilik bo‘lganini va ota-onalar bir-birini yaxshi ko‘rishini ta’kidlashni unutmang. Farzandingiz oilaning mustahkamligiga va mojaro qanday bo‘lmasin, ota-onalar uni hal qilishiga ishonch hosil qiling. Bolalar uchun eng muhimi – ota-onalar o‘rtasidagi yaxshi munosabatdir, hatto ular ajrashgan bo‘lsa ham. ❤️😍😍😍 @detskaya_psixologiya_uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily