Uchinchi qavatimiz ta'mirlashga tayyor qilib qo'yilgandi. Devorlari beton, armaturalar chiqib turardi. Ishxonada brutalistik atmosferasi bor, tinch, chekish uchun qulay joy edi. Ko'pincha Alisher aka bilan o'sha yerda, eski taxtalar ustiga o'tirib olib suhbatlashardik. O'sha suhbatlarning birida Alisher aka loyiha haqida gapirganlari esimda. Loyiha qanday bo'lishi, uning sxemasi, bosqichlari, dizayni, boshida qaysi mualliflar bilan ishlanishi haqida rejalarini aytdilar. Shunday qilib "AKS' loyihasining rejasi eski qavatda tuzilgan edi. O'zi aksar yaxshi g'oyalar shunday joylarda tug'iladi. Misol uchun Gitler butun Yevropa taqdirini oddiy pivoxonada hal qilganidek))