#Farmakologiya
#Allergiya_qarshi_dori_preparatlari
Antiallergik preparatlar
Tasnifi:
1. Gistamin H1-retseptor blokerlari:
1-avlod: Dimedrol, Suprastin, Tavegil, Pipolfen.
2-avlod: Loratadin, Cetirizin, Feksofenadin.
3-avlod (faollashtirilgan metabolitlar): Desloratadin, Levocetirizin.
2. Gistamin H2-retseptor blokerlari: Ranitidin, Famotidin (oshqozon-ichak traktida allergik ta’sirlarni kamaytirish).
3. Mast hujayralarining degranulyatsiyasini oldini oluvchi preparatlar:
Kromoglikat natriy, Nedokromil natriy.
4. Glukokortikoidlar:
Mahalliy: Beklometazon, Budesonid.
Tizimli: Prednizolon, Deksametazon.
5. Leukotrien retseptor antagonistlari: Montelukast, Zafirlukast.
6. Immunomodulyatorlar: Omalizumab (IgE ga qarshi monoklonal antitanalar).
Ta’sir mexanizmi
1. H1-gistamin retseptor blokerlari
Bu preparatlar gistaminning H1-retseptorlari bilan bog‘lanishini oldini oladi. Natijada, gistaminning qichishish, qon tomirlarining kengayishi va shilliq qavatlarning shishiga olib keladigan ta’sirlari bloklanadi.
1-avlod: Miya qon-miya to‘sig‘idan o‘tadi, bu esa sedativ va antixolinergik ta’sirni keltirib chiqaradi.
2-3-avlod: Faqat periferik H1-retseptorlarga ta’sir qilib, markaziy nerv tizimiga minimal ta’sir ko‘rsatadi.
2. Mast hujayralarining degranulyatsiyasini oldini oluvchi preparatlar
Bu vositalar mast hujayralarining membranasini barqarorlashtiradi, gistamin va boshqa yallig‘lanish mediatorlarining chiqarilishini bloklaydi. Ushbu mexanizm yallig‘lanish va allergik javobning oldini olishga yordam beradi.
3. Glukokortikoidlar
Yallig‘lanish mediatorlari (sitokinlar, prostaglandinlar, leukotrienlar) sintezini bostiradi.
Immun hujayralar (T-hujayralar va makrofaglar) faoliyatini susaytirib, yallig‘lanish va allergik reaksiyani kamaytiradi.
4. Leukotrien retseptor antagonistlari
Leukotrienlarning retseptorlari bilan bog‘lanishini oldini oladi. Bu bronxospazmni kamaytiradi, yallig‘lanishni va shilliq qavat shishishini pasaytiradi.
5. Immunomodulyatorlar (omalizumab)
IgE antikorlari bilan bog‘lanib, allergik reaktsiyani boshlovchi mast hujayralar va bazofillarning faollashishini bloklaydi.
Farmakokinetikasi va farmakodinamikasi:
1. H1-gistamin retseptor blokerlari:
1-avlod: Miyaning qon-miya to‘sig‘idan o‘tadi, sedativ ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir muddati 4-6 soat.
2-3-avlod: Qon-miya to‘sig‘idan o‘tmaydi, sedativ ta’sir yo‘q. Ta’sir muddati 12-24 soat.
2. Mast hujayra stabilizatorlari:
Ta’siri sekin rivojlanadi, profilaktik maqsadda qo‘llaniladi.
3. Glukokortikoidlar:
Tez so‘riladi, jigarda metabolizmga uchraydi, suyuqlik va natriy ushlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
4. Leukotrien antagonistlari:
Og‘iz orqali qabul qilinadi, jigarda metabolizmga uchraydi, safro orqali chiqariladi.
5. Immunomodulyatorlar:
Plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, uzoq muddat ta’sir qiladi.
Nojo‘ya ta’sirlari:
1. H1-retseptor blokerlari:
1-avlod: Uyquchanlik, bosh aylanishi, og‘iz qurishi.
2-3-avlod: Kam hollarda bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i.
H2-antihistaminiklar: Bosh og'rig'i, diareya.
2. Glukokortikoidlar:
Osteoporoz, giperglikemiya, immunitetning pasayishi.
3. Mast hujayra stabilizatorlari:
Tomoq qichishishi, burun yoki ko‘zda yengil tirnash.
4. Leukotrien antagonistlari:
Bosh og‘rig‘i, oshqozon-ichak muammolari.
5. Immunomodulyatorlar:
Qorin og‘rig‘i, allergik reaktsiyalar (kam hollarda).
Ko‘rsatmalar:
Allergik rinit, pollinoz.
Bronxial astma.
Esnoq (urtikariya).
Oziq-ovqat va dori allergiyalari.
Kontakt dermatit va ekzema.
Qarshi ko‘rsatmalar:
H1-blokerlar: 1-avlodda – sedativ ta’sir talab qilinmagan holatlar.
Glukokortikoidlar: Yuqori qon bosimi, oshqozon yarasi. Infeksion kasalliklar.
Leukotrien antagonistlari: Jigar kasalliklari.
Immunomodulyatorlar: Og‘ir immun tanqislik.
Bundan tashqari: dori vositasiga gipersezuvchanlik, oʻtkir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi.
Dozalash:
H1-blokerlar: Loratadin 10 mg kuniga bir marta, Dimedrol 25–50 mg har 6-8 soatda.
Glukokortikoidlar: Prednizolon 5–10 mg kuniga.
Leukotrien antagonistlari: Montelukast 10 mg kechqurun.
@Dc_Jabborov