Dofamin retseptorlarining tibbiy ahamiyati:
Parkinson kasalligi: D2 retseptorlarining disfunktsiyasi sababli harakat muammolari yuzaga keladi. Parkinsonni davolash uchun dopamin agonistlari (retseptorlarni faollashtiruvchi dorilar) ishlatiladi.
Shizofreniya: Ko'pincha D2 retseptorlarining haddan tashqari faolligi bilan bog'liq. Bu holatni davolash uchun D2 antagonistlari qo'llanadi.
Depressiya va stress: Dofamin retseptorlarining faoliyati zavq va motivatsiyaga ta'sir qiladi. Antidepressantlar bu retseptorlarni modulyatsiya qilishi mumkin.
Qaramlik: Nikotin, kokain va alkogol kabi moddalar dopamin retseptorlariga ta'sir qilib, qaramlikka olib keladi.
Dofamin retseptorlariga ta'sir qiluvchi dori vositalari:
Agonistlar: Retseptorlarni faollashtiruvchi moddalar (masalan, L-DOPA, pramipeksol , apomorfin,bromokriptin).
Apomorfin -qayt qildiruvchi 5 yoshgacha mumkun emas
Bromokriptin-akusherlik va ginekologiyada qo'llaniladi
Antagonistlar: Retseptorlarni bloklovchi moddalar (masalan, aminazin, galoperidol, serukal).
Modulatorlar: Dofamin ta'sirini ma'lum bir hududda oshirish yoki kamaytirishga qaratilgan vositalar.
@Dc_Jabborov Tibbiy Contentlar kanali