#ochiq_muloqot
🎛 Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Qo‘mita rahbariyati
A.Qayumov va F.Karabayev boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan
benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag'ishlangan
“ochiq muloqot” o‘tkazildi.
🔝 Uchrashuvda sohada mavjud
tizimli muammolarni aniqlash va
ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, xususan avtomobil benzini importini oshirish masalalari muhokama qilindi.
👥 Jumladan tadbirkorlar quyidagi muammolarni aytib o'tishdi.
🔘 Avtomobil benzini importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun banklar tomonidan ajratilgan kredit yuklamasi yuqoriligi.
🔘Logistika narxlari yuqoriligi, Rossiyadan Keles chegarasigacha bo‘lgan masofa (1700 km) uchun bir tonnasi uchun 150 doll bo‘lgan bir paytda ichki temir yo‘l orqali tashish xizmati 8-10 km uchun 15-20 dollni tashkil etishi.
🔘Import qilingan va Rossiya tomonidan benzin mahsuloti barcha standartlarga to‘g‘ri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan hujjatlar borligiga qaramay, respublikaga olib kirganda qo‘shimcha majburiy sertifikatlashdan o‘tkazish.
🔘Import qilingan benzin mahsuloti uchun QQS to‘lovini to‘lash muddati qisqaligi.
🔝Batafsil
Kanalga ulanish 🔝 https://t.center/RaqobatGovUz
🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram |
🔝 twitter