AQShning
245 yillik tarixi davomida oq uyning
45 egasidan
13 nafariga nisbatan
20dan ortiq suiqasdlar amalga oshirilgan. Ulardan
4 nafari vafot etgan. Ana shunday suiqasdlardan biri 7-prezident
Endryu Jeksonning prezidentlik davrida
(1829-1837) yuz bergan.
E.Jekson
mahalliy aholiga nisbatan qattiqqo'l siyosati va ommaviy ishsizlikka sabab bo'lgan ishlari bilan mashhur bo'ldi. Ishsizlardan biri prezidentdan qasos olishga qaror qiladi.
30.01.1835 kuni ishsiz rassom
Richard Lourens Kapitoliyga keladi. Prezident binodan chiqqach, unga
orqadan yaqinlashadi (o'sha vaqtda prezidentlar deyarli qo'riqlanmasdi) va chaqmoqto'pli pistolet bilan otib tashlamoqchi bo'ladi. Baxtga qarshi, o'sha kuni yomg'ir yoqqani sababli,
porox nam tortib qolgandi. Pistolet otilmaydi. Lourens yana bir bor urinib ko'rishga harakat qiladi, ammo, ovozdan orqaga o'girilgan
Jekson hassasi bilan qurolni urib tushiradi.
Sud Lourensni aqldan ozgan deb topadi va uni ruhiy kasalxonaga yuboradi.
Kanalga ulanish
@centerasiastudy