Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz
Buxoro viloyati IIB JXX XPB masʼullari boshchiligida Olot tumanida "Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy holatlarning oldini olish hamkor tashkilotlar ishining muhim mezoni ekanligi tushuntirib o‘tildi.
Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari saʼy-harakatlarini birlashtirish zarurligi taʼkidlandi.
So‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan zo‘ravonlikka qarshi tizimli ishlar jadallashtirilganini, "Inson qadri uchun" tamoyili asosida qonunlar takomillashtirilgani va jazo choralari qatʼiylashtirilganini alohida qayd etdi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube