"Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida G'ijduvon tumanida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi
Mahallalardagi profilaktik, probatsiya hisobida turgan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va ruhiy xastaligini bo‘lgan shaxslarning oila aʼzolari bilan hamda maktablarda o'quvchilar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan aholi xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi va tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Umumiy obyektlarda aholiga firibgarlik, o‘g‘irlik va kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslikka qaratilgan muloqotlar tashkil etildi.
Aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, "Xavfsiz mahalla" tamoyili bo‘yicha aholi bilan olib borilgan muloqotlar o'tkazildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube