MUROJAAT, MULOQOT va YECHIM...
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolarning 20 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Oqil Hasanov tomonidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube