View in Telegram
#Mulohaza 🧨SAKKIZLIK βž€ Keksalarni uzoq umr ko'rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak. ➁ YAxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko'rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir. βž‚ Sartaroshni suvoqchi qilib qo'ysangiz, devorga sovun ko'pigi surtadi. Etikdo'zni sartarosh qilsangiz, odamni boshiga mix qoqadi... βžƒ Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qaering og'rimasa shuning o'zi baxt! βž„ Dunyoda mehrdan arzon narsa yo'q. Bir og'iz shirin so'z, bir chimdim mehr kimni o'ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz.. βž… Mushuk o'zi itdan qochib daraxtga chiqadi-yu, yana daraxtdagi qushlarga dag'-dag'a qiladi... βž† Insonning bahosi bu dunyoda o'zi olgani bilan emas, o'zidan qolgani bilan belgilanadi. βž‡ Daraxt bir joyda ko'karadi, deyishadi. To'ppa-to'g'ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas! Β©O'tkir Hoshimov βœ―β”„β”…β”…βœΏβ€β˜…β€βœΏβ”…β”…β”„βœ―     @Buyuklar_sozlari βœ―β”„β”…β”…βœΏβ€β˜…β€βœΏβ”…β”…β”„βœ―
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily