🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿💠Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas🗣 Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
✅Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 47-moddasi🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐YouTube