View in Telegram
🌙 Rajab oyi muborak Rajab oyini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o'tkazganlar? – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rajab oyida ro'za tutganlar. Usmon ibn Hakimdan rivoyat qilinadi: “Sa'id ibn Jubayrdan rajab oyida turganimizda rajab ro'zasi haqida so'radim. U: “Ibn Abbosning: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro'za tutar edilar, hatto og'izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og'izlari ochiq bo'lardi, hatto ro'za tutmasalar kerak, der edik”, deyayotganini eshitganman”, dedi”. – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rajab oyida ko'p istig'for aytishga targ'ib qilganlar. Sayyidul istig'for : Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va va'dika mastatotu a'uzu bika min sharri ma sona'tu, abuu laka bini'matika alayya va abuu bizambiy fag'firliy fainnahu la yag'firuz zunuba illa anta”. – Rajab oyi kirganda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Allohumma barik lana fi rajabin va sha'bana, va ballig'na ramazona” (“Yo Alloh, rajab va sha'bon oylarida bizlarga baraka ato qilgin va bizlarni ramazon oyiga etkazgin!”) deb duo qilganlar (Imom Bayhaqiy va Imom Tobaroniy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan). ☁️Ulamolarimizdan biri: “Rajab shamolga, sha'bon bulutga, ramazon yomg'irga o'xshaydi. Kimki rajab oyida ekin ekmasa, sha'bon oyida uni sug'ormasa, ramazon oyida qanday hosil oladi?” degan edi. Shunday ekan, ramazonda olajak hosilimiz mo'l bo'lmog'i uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o'rnak olgan holda rajab oyida ko'proq solih amallar bilan birga astoydil duolar qilishni ham unutmaylik! G'aflatda qolmaylik, azizlar, vaqt yugurik, umr bevafo! 🪶Muslim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily