🪶Maqsud Shayxzoda Toshkent davlat muallimlik dargohida o‘z faoliyatini qizg‘in olib borgan va o‘sha vaqt shogirdlarining u haqida qaynoq xotiralar bilan eslashga arzigulik ko'p yaxshiliklar qilgan
Domla moddiy jihatdan qiynalgan talabalarni kuzatib yurar, asli bahosi 2 so‘mlik turadigan narsani sotib olishga o‘sha talabani yuborar, aytib yuborgan narsasini olardi-yu, "28 so‘m qaytim o‘zingizda turar tursin", deb, keyingi safar boshqa talabani yuborar edi va xuddi avvalgi miqdorcha pulning o‘sha talabada turishini tayinlardi.
Darsdan keyin domla o‘z shogirdlarini ergashtirib, ko‘l bo‘yidagi oshxonaga olib borar edi. "Mayda pullar ko‘payib ketdi, shuni maydalagani bir xarjlaylik", der edi. Uzoqdan kelgan talabalarni shu tarzda tez-tez mehmon qilib turgan.