#YTT #Moliyaviy_savodxonlik❓Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?
📄 Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
✅ Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.
Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida(375 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (337 500 soʻm).👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati
Sayt |Telegram | Facebook | Instagram | You Tube