🗣Andijonda “Bolalar quvonchi” loyihasi tashkil etildi
⏺ O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan “Kreativ ta'til” loyihasi doirasida Andijon viloyati sardorlari tomonidan “Bolalar quvonchi” loyihasi tashkil etildi.
✅ Loyiha doirasida uyda ta'lim oluvchi bolalar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.
🇺🇿 Hududlarda loyiha doirasidagi tanlov hamda onlayn viktorinalar davom etmoqda.
📚 Sirdaryoda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
⏺Qishki ta‘til davrida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy, intellektual bilimi va salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini yanada rivojlantirish maqsadida “Kreativ ta'til” loyihasi doirasida harbiy xizmatchilar, yuridik texnikum o‘qituvchilari, tuman shahar sardorlar Kengashi a'zolari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
✅ Shu bilan bir qatorda bolalar uchun harbiylar tomonidan ko‘rgazma tashkil etildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
🇺🇿 Yangi yilda O‘zbekiston bolalar tashkiloti jamoasi sizga bolalar huquqlari haqida yangi va qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishni boshlaydi!
⏺ Bugungi kunda, bola huquqlariga jamiyatdagi eng dolzarb va muhim masala sifatida qaralmoqda. Shu sababdan biz bolalarimizni o‘z huquqlarini bilishlari, tushunishlari va ulardan foydalanishlari uchun har kuni yangi va kreativ materiallar bilan tanishtiramiz!
🎞 Yangi rubrikamizda har kuni huquqiy savodxonlikni oshirish uchun qiziqarli hamda foydali maslahatlar shuningdek infografik kontentlar bo‘ladi.
❓Siz o‘z huquqlaringizni o‘rganishga tayyormisiz? ✅Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring!
💧 Hayot uchun zarur bo‘lgan suv, tongda och qoringa ichilganda metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Agar siz ozish yoki tanangizdagi toksinlardan xalos bo‘lishni xohlasangiz, bu odat aynan siz uchun foydali bo‘ladi.
📰 Och qoringa ichilgan suv hushyorlik va diqqatni yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, immunitet tizimini mustahkamlaydi.
⚔️8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni muborak!
Bugungi sana munosabati bilan, huquqni muhofaza qilish va adolatni ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha prokuratura organlari xodimlarini tabriklaymiz!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!
Hurmat bilan, O‘zbekiston bolalar tashkiloti jamoasi