View in Telegram
FARZAND TARBIYASI
🌙
🏠
Xotira...
Onam Farg‘onaning Quvasidan Andijonning Bo‘ziga kelin bo‘lib tushgan. Har gal enam onamni yo‘qlab kelsa xassalarini bellariga qo‘yib "Uzoqqa qiz berganning rangi samon yor, yor, deb xirgoyi qilib darvozamizdan kirib kelardi. Keyinchalik enam kasal bo‘lib bir joyda yotib qoldi. Tez-tez onam bilan yo‘qlab boradigan bo‘ldik. Bir marta borganimizda onam kechki payt uyga qaytishga taraddud ko‘ra boshladi. Shunda enam yig‘ladi." Jon qizim bugun qolgin diydoringga to‘yay. O‘tganimdan keyin uyimda qirq kun o‘tirmay, o‘ttiz to‘qqiz kun o‘tirasan, odamlar "Ozodaxon, nega qirq kun o‘tirmadingiz", deyishsa, onam iltimos qilganida bir kun yonida qolgan edim, deb aytasan, degan edi. Bu so‘z bola qalbimga muxrlanib qolgan...
©
Muhammadsiddiq Rahmatov
✅
@bola_tarbiyasi
👶
–
Oliy maqsadga aylansin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Share
Telegram Center
Channel
Join