Bugun Oynur yangi o‘rtoq bilan tanishdi 💖
👌Eng avval qizchamga yangi do‘sti Dinoning ismi yoqdi. Oson va jarangdor.
Keyin tashqi ko‘rinishidan quvondi. Mandarin rangli tanasi, moviy shoxlari, katta-katta ko‘zlari va hatto burnini ham yaxshi ko‘rib qoldi.
✈️Dinozavrcha Dino uchishga harakat qilganida, yomg‘irda urug‘ ekkanida, singan daraxt shoxini boylab qo‘yganida
xuddi Oynur ham u bilan birga edi. Dino hech qachon qiyinchiliklardan qo‘rqmadi, harakat qildi, hech bo‘lmaganda urinib ko‘rdi.
🙂Oynur yangi do‘sti Dinoni juda ko‘p bolalar tanishini, undan o‘rnak olishlarini, ular ham qalin o‘rtoq bo‘lishlarini xohlayapti.
Dinoni O‘zbekistonga 📱"Pingvinbooks" jamoasi olib kelgan, hozir kitob do‘konlarida va bolalar kutubxonasida yashayapti. Istalgan payt uning uyiga borsangiz va tanishsangiz bo‘ladi.
🐾Qizcham Oynurning aytishicha, Dino yangi o‘rtoqlarini judayam kutayotganmish)))
@biyron_cha