Жорий йилнинг 17 январь куни Сув хўжалиги вазирлиги ҳайъат йиғилишида суғориш мавсумига тайёргарлик кўришга оид муҳим масалалар муҳокамаси билан бирга ҳудудлардаги раҳбарларга ўзларининг ишчи-ходимларини ҳар ой қўшимча рағбатлантириб боришни ташкил этиш бўйича ҳам топшириқлар берилди. -Сув хўжалиги объектлари атрофида ёрдамчи хўжаликлар ташкил этиш масаласига эътибор қаратмаган раҳбарларга бизнинг орамизда ўрин йўқ, - деди йиғилишда Сув хўжалиги вазири, ҳайъат раиси Ш.Хамраев.
Биз, Қорақалпоғистондаги сув хўжалиги ташкилотларида ёрдамчи хўжаликларни ташкил этиш борасидаги ишларни ўрганишни бошладик.
Соҳага оид янгиликлар билан расмий саҳифаларимизда танишиб боринг!
Press tur Qishda tomorqadan foyda olishning yo'li. Bo'ston mahallasida gulchilikning rivoji
Qishning sovuq kunlarida ham bahor tarovatini his qilish bu albatta, juda yoqimli. Issiqxonalarda gulchilik bilan shug'ullanayotgan oilalar esa bu yo'nalishning ilmini egallagan. Bugun press tur davomida bizning jamoamiz bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati R.Aytbaeva, OAV vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Bo'ston mahallasidagi U.Masharipov xonadoni 3-avlod gulchilik bilan shug'ullanadi. Gulning 32 turidan ortig'i yetishtirilib, ko'chatlaridan ko'paytiriladi. Mavsum davomida 100-150 mln so'm daromad oladi. Prezidentimizning har bir soha rivojiga berayotgan e'tibori sabab tomorqadan daromad olayotgan mazkur xonadon, erta bahordan 8 turdagi poliz mahsulotlarini yetishtirib, respublika bo'ylab yetkazib berishni yo'lga qo'ygan.
Beruniy tumani markazida joylashgan oldingi Pedagogika kolleji binosi negizida 35-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi yangidan tashkil qilinishi belgilangan.
O'quvchilarga afzallik tomoni maktabning o'zida "Intellektual progress" o'quv makrkazi bilan shartnoma tuzilgan. Darslardan bo'sh vaqtda qiziqishi bo'yicha o'quvchilar tayyorlov kurslariga maktabning o'zida tayyorgarlik ko'rish imtyozlari beriladi.
Dars jarayonlari malakali o'qituvchilar tomonidan olib boriladi. Ta'lim dargohiga o'quvchilarning xujjatlarini qabul qilish ishlari boshlandi. Farzandlaringizni ushbu maktabda o'qitish istagida bo'lsangiz quyidagi raqam bilan bog'laning.
Politexnikumlar bugun talabga javob beradimi? O'rganishlar jarayonida
Beruniy tumani hokimining o'rinbosari Davronbek Karimov tumandagi 1-sonli politexnikumda bo'lib, o'quv jarayonlari bilan tanishdi. Politexnikumning 1-bosqichida 407 nafar, 2-bosqichida 351 nafar o'quvchilar ta'lim olayotgan bo'lib, zamonaviy ta'lim standartlari asosida dars jarayonlari tashkil etilganligini o'rgandi. Sinf xonalarda ta'lim jarayonlari tashkil etilgan, ammo kamchiliklardan holi emas.
Pedagogik jamoa bilan uchrashuv davomida o'qishga muntazam kelmayotgan o'quvchilarning ota-onalariga qonuniy chora ko'rish, shuningdek, o'quvchilar orasida turli huquqbuzarlik holatlari sodir etilishining oldini olish, ta'lim jarayonini tizimli tashkil etish borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi va o'rganish davomidagi kamchiliklardan xulosa chiqargan holda ishni to'g'ri tashkil etishga chaqirdi.