🇺🇿🇺🇿🇺🇿Hurmatli yurtdoshlar!
🇺🇿Bugun, 10-dekabr, xalqimizning g‘urur va iftixor ramzi, istiqlolimizning muqaddas timsoli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunga 32 yil to‘ldi. Ushbu unutilmas sana har birimiz uchun ona Vatanimizni sevish, uning qadriyatlariga sodiq bo‘lish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada teran his qilish uchun ulkan ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda tasdiqlangan bo‘lib, uning matni taniqli shoir Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasi esa O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burhonov tomonidan bastalangan. Ushbu madhiyada xalqimizning asriy orzulari, buyuk maqsadlari va ezgu intilishlari mujassam etilgan. Madhiyamiz Vatanimizning mustaqilligi, erki va farovonligi uchun fidokorona xizmat qilayotgan har bir yurtdoshimiz uchun ruhiy tayanch va ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.
🇺🇿Davlat madhiyasi bizni yagona millat, kuchli xalq sifatida birlashtirib, butun dunyoga O‘zbekistonning o‘ziga xosligini, tarixi va madaniyati boyligini ifodalaydi. Madhiyamizni har safar tinglaganimizda qalblarimizda faxr va g‘urur hissi jo‘sh uradi, unga bo‘lgan hurmat va ehtirom har birimizning qalbimizda chuqur joylashgan.
🇺🇿Aziz yurtdoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy qutlaymiz. Vatanimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, xalqimizning baxt-saodati yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda ulkan marralarni zabt etishda davom etaylik. Yurtimizning madhiyasiga munosib farzandlar bo‘lish hammamizning yuksak mas’uliyatimizdir.
Hurmat bilan,
Respublika baxshichilik san’ati markazi
RBSM matbuot xizmati:
🌐 bakhshi.uz |
🌐 Telegram |
🌐 Facebook |
🌐 Instagram |
🌐 YouTube