⚡️⚡️⚡️Joriy yilning 23-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda ijodkor baxshi, xalq og‘zaki ijodiyoti va san’atining yorqin vakili Bekzod Baxshi Xomidov o‘zining doston va termalaridan parchalar ijro etdi. Uning badiiy chiqishi tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, milliy qadriyatlarimiz va baxshichilik san’atining noyob xususiyatlariga e’tiborni jalb qildi.
Ushbu tadbir nafaqat talabalarga, balki barcha ishtirokchilarga milliy qadriyatlarimizning bebaho ahamiyatini anglash imkonini berdi. Baxshichilik san’ati targ‘iboti, uni yoshlar orasida yanada ommalashtirish va avlodlar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlashda bunday tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan Termiz Iqtisodiyot va Servis Universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir milliy madaniyatimizning yorqin sahifalaridan biri bo‘ldi.
RBSM matbuot xizmati:
🌐bakhshi.uz | 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐YouTube