View in Telegram
Mashaqqat Har kuni kurashda kechadi umrim Dam olmoq begona kichik bir vaqtga Birin ishgʻol qilsam chiqadi biri Rohat qoldirildi mavhum muddatga Azobdir mehmonim kunlik, kun-ora Chigalin yechmas hech, etib dil pora Chidarman, yengillik kelar deb zora Rohat qoldirildi mavhum muddatga Gohida bemorlik, goh iztiroblar Gohi ruhiy bosimlar hadsiz azoblar Tana, aql, qalbimdan siqar girdoblar... Rohat qoldirildi mavhum muddatga Oson bermoq shuncha - qiyin baxtmidi Toqatim bu qadar sinash shartmidi Ey taqdir! Shunchalar qiynash shartmidi... Rohat qoldirildi mavhum muddatga Kuchayar gohida azobning zoʻri Xalos boʻlmoq soʻrar nafsim yolvorib "Gunoh qil!" deb chorlar, "bir lazzat koʻrib" Lekin rohat yoʻqdir mavhum muddatga... Norizo emasmiz taqdirdan qilcha Zahmatdan izlarmiz baxtni aksincha Azobni doʻst bildik, lekin hozircha Rohat qoldirildi mavhum muddatga... "Azob koʻrdik" deb nadomat qilganimiz yoʻq Quldirmiz, Allohdan oʻzga bilganimiz yoʻq Bu dunyoga rohat uchun kelganimiz yoʻq... Rohat qoldirildi mavhum muddatga Mayli, umidim bor Alloh lutfiga Savoblar berar deb har bir dardiga Shoyad noil qilar ishqin taftiga... Rohat qoldirildi umidli vaqtga... (5-qism) @Azizbek_Zubaydullayev
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily