View in Telegram
Yog'li teri uchun sutli niqob.πŸ§–β€β™€ Tarkibi: 1 choy qoshiq tvorog, 1 choy qoshiq asal (agar allergiyangiz bo'lsa, uni qo'shmaganingiz ma'qul), kichik yarimta limon suvi va 2 osh qoshiq sut. Tarkibiy qismlar aralashtiriladi va yupqa qilib yuzga suriladi, ko'z atrofidagi teri bundan mustasno. Niqob 10 daqiqadan keyin biroz iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Mazkur protsedura yog' teshikchalarini toraytiradi, uzoq vaqtga yaltillashdan xalos qiladi hamda qora nuqtachalarga qarshi kurashda yordam beradi va terining rangini bir tekis qiladi. Quruq yuz uchun sutli niqob.πŸ§–β€β™€ Tarkibi: 1 osh qoshiq tvorog, 3 osh qoshiq sut, 1 choy qoshiq zaytun yog'i. Masalliqlar bir xil ko'rinishga kelguncha aralashtiriladi (quyuq smetana konsistentsiyasi) va tozalangan yuz terisiga suriladi. 15 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Ushbu niqob quruq terini yaxshi oziqlantiradi va namlantiradi, qipiqlanishning oldini oladi. Ushbu niqob ayniqsa qish va bahor kunlarida juda foydali. πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡ https://t.center/+NVA6GU4HZLoyMzZi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily