Hayz kechikishi sabablari👩🏻Har qanday qiz, ayol, har bir homiladorlikni rejalashtirmayotgan juftliklarda hayz kechikishi kuzatilsa, kasallik yoki homiladorlikka shubha qilib, tashvishlana boshlaydi.
🩸Hamma ayollarning hayz ko‘rishi bir vaqtda, siklik bo‘lmaydi. Hayz ko‘rish yosh qizlarda yaqinda boshlangan bo‘lsa, hayz sikl kechikishi kuzatilishi mumkin. Odatda, ularda doimiy siklning o‘rnatilishi uchun bir-ikki yil kerak bo‘ladi. Shuningdek, ayollarda hayz kechikishi menopauza boshlanishidan oldin ham kuzatiladi.
🤱🏻Yosh onalarda tug‘ruqdan keyin bolani emizish davrida ham kechikish kuzatiladi. Bunday hollarda, hayz bir necha oy davomida cho‘zilib ketadi. Ammo, shunga qaramay, bu kabi holatlar kasallik hisoblanmaydi.
📆Qisqa hayz kechikishining asosiy sabablari:•nosog‘lom parhez, vitaminlar yetishmasligi, och qolish;
•doimiy uyqusizlik;
•qattiq jismoniy mehnat, haddan tashqari aqliy stress va boshqalar.
Manba:©lalu.uz🧕 Ayollar Maktabi —
Barchasi ayollar uchun!