✅ O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, professor, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Rossiya Badiiy akademiyasining faxriy akademigi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Alisher Mirzo tez kunlarda adabiyot ixlosmandlariga o‘zning
“Onaginam” nomli romanini taqdim etadi.
Alisher Mirzoning shaxsiy ko‘rgazmalari 1977 yildan to hozirgi kunga qadar yurtimiz hamda dunyoning ko‘plab davlatlari – AQSH, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya, Norvegiya, Rossiya, Bolgariya, sobiq Yugoslaviya, Hindiston, Suriya, Janubiy Koreya, Litvada bo‘lib o‘tgan, tasviriy sanʼat ixlosmandlarining yuksak eʼtirofiga sazovor bo‘lgan.
2015 yilda Alisher Mirzoning
“Kallaxonalik yigitcha” nomli ilk romani kitobxonlar qo‘liga yetib bordi va “Yilning eng yaxshi romani” degan eʼtirofga sazovor bo‘ldi.
2016 yilda rassomning
“Musavvir” , 2021 yilda
“Ziyolilar bazmi” romanlari adabiyot ixlosmandlariga taqdim etildi.
Alisher Mirzoning asarlarida mashaqqatli hayot yo‘lini bosib o‘tib nomdor ijodkorga aylangan shaxsning umr yo‘li bayon etilgan. Shu bilan birga azim Toshkentning manzaralari, undagi insonlarning taqdiri betakror bo‘yoqlarda aks ettiriladi.
Mazkur xususiyatlar yozuvchining “Onaginam” deb atalgan avtobiografik asarida ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. To‘rt bolani otasiz voyaga yetkazgan fidoyi, zahmatkash, jafokash, dono ayol obrazi atrofida mashaqqatlarga to‘la katta bir davr manzarasi gavdalanadi.
Mazkur kitobning taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.
📝Telegram |
📝 Facebook |
💻Instagram |
🟥 YouTube |
🌐 Website