Arab blogerlaridan arab tili oʻrganish
Siz ham qaysi arab blogerlaridan arab tilini oʻrganish mumkin degan savolga duch kelgansiz. Keling, oʻzim kuzatadigan arab blogerlarini tavsiya qilsam
🇸🇾 Ahmad Faxuriy (Suriya)
Asli
"Aljazira"ning jurnalisti hisoblangan Faxuriy oʻz videolari bilan arab dunyosida juda mashhur. Buning asosiy sabablaridan biri esa uning adabiy arab tilida (fus'ha) chiroyli va ravon gapirishi. YouTubeda obunachilari soni 1 milliondan koʻp.
🇵🇸 Orif Hijjaviy (Iordaniya)
Oʻzining sehrli ovozi bilan mashhur Orif Hijjaviy
"BBC" va
"Aljazira"dagi faoliyati bilan arab tili oʻrganuvchilariga tanish. Adabiy arab tilida chiroyli gapirishi bilan birga uning ovozi ham juda ajoyib. Yevropa davlatlari ham bugun uni taniydi.
🇸🇦 Ahmad Shuqayriy (Saudiya)
Madina shahri va saudiyaliklar hayoti haqidagi ko'rsatuvlardan keyin butun dunyoda mashhur Ahmad Shuqayriy bugungi kunda
"Aram TV" kanalida oʻz faoliyatini olib boradi. Adabiy arab tilida gapirishi bilan birga juda qiziqarli koʻrsatuvlar tayyorlaydi.
Yuqoridagilarning hammasi adabiy arab tilida gapirishgani uchun tanlangan ✅
@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili