👤 Ustoz: Abdulazim Abdulqodir 🗂 Darslar soni: 30 ta
Ustoz Abdulazim Abdulqodirdan til o'rganuvchilar uchun ajoyib sovg'a! 30 darsdan iborat arab tilini boshlang'ich darajadan boshlab o'rganish darslaridan bahramand bo'lishingiz mumkin. Ustozdan dars davomida harflarni qanday o'qish va yozishni o'rganib olishingiz mumkin. Darslar qisqa va tushunarli ko'rinishda barcha uchun qulay bo'lishi uchun ketma-ketlikda qo'yib quyidagi playlistga joylashtirdik:
#Mundarija 📢 «Alifbo» video darslari 📚 Dars nomi: Arab tili grammatikasida fe'llar 👤 Tuzuvchisi: Anvar Ahmad 📹 Darslar soni: 15 ta
Videodarsning "Alifbe" qismida harflar ishtirokida so‘zlarni o‘qish, yodlash va sodda jumlalar tuzishni o‘rgangan edingiz. Ikkinchi qismi bo‘lmish "O‘qish kitobi"da esa o‘qish va yozishda kerak bo‘ladigan dastlabki qoidalar berilgan edi. Videodarsning uchinchi qismi ushbu "Arab grammatikasidagi fe’llar" qismida esa fe’llar haqida ma’lumot beriladi.
📢«Alifbo» video darslari 📚 Dars nomi: O‘qish kitobi 👤 Tuzuvchisi: Anvar Ahmad 📹 Darslar soni: 28 ta
"Alifbo" kitobining keyingi qismi bo‘lgan "O‘qish kitobi" asosida arab tilini boshlang‘ich darajada o‘rganuvchilar uchun videodarslar to‘plami. "O‘qish kitobi" orqali o‘qish va yozishda kerak bo‘ladigan dastlabki qoidalarni o‘rganasiz.
❗️Videodarslarga ilova shaklida infografika darslarini ham berilgan.
#Mundarija 📢 Arab tili darslari 📚 Nomi: Muallimi soniy 👤 Ustoz: Shayx Alijon qori 📹 Darslar soni: 72 ta
Ma’lumki, Qur’oni Karim Alloh taoloning Kalomidir! Uni o‘rganish va o‘rgatishning fazilati haqida hadislar vorid bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir” (Imom Buxoriy rivoyati). Xalqimizning Qur’onni o‘rganishida va boshqalarga o‘rgatishida uzoq yillardan beri har birimizga tanish bo‘lgan "Muallimi soniy" kitobi boshlang‘ich qo‘llanma bo‘lib kelgan va kelmoqda. Yurtimiz farzandi, Misrdagi Al-Azhar universitetida tahsil olgan, o‘n qiroat bo‘yicha ijoza sohibi Shayx Alijon qori hafizahulloh tomonidan mazkur "Muallimi soniy" kitobi asosida yaratilgan 27 yillik mehnat va izlanishlar mahsuli bo‘lgan ushbu qo‘llanma orqali biz Qur’oni Karim harflarini talaffuz qilish, so‘zlarni bir-biriga ulash, Qur’oni Karimdan qisqa suralarning tilovati kabi ko‘plab ilmlarni, inshaa Alloh, o‘rganib olamiz.