Har kim o‘z saviyasida xizmat qilsa, rivojlanish bo‘ladi. Masalan, kimdir Muallimus soniydan dars bera oladi. Boshqa birov Ibodati Islomiyyadan. Yana kimdir Aqoid Nasafiyyaning sharhidan. Yana birov Maqosid va Mavoqifning sharhlaridan dars bera oladi. Har birlarining o‘rni muhim va zarur. Negaki, boshlang‘ich saviyadagi kishi o‘rta va yuqori saviyadagi talabalarga dars berolmaydi. Ba‘zan esa yuqori saviyadagi ustoz boshlang‘ichlarga dars berishga imkoni bo‘lmaydi. Kunimizda bir kishi hammasini yolg‘iz amalga oshirishi imkonsiz. Yaxshilik va taqvo yo‘lidagi hamkorlik ana shudir.
Ayni mavzuni bir nechta sinfga o‘tasiz. Ma‘lumotlarning 80-85 %i takrorlanadi. Lekin, 15-20 %i farqli bo‘ladi. Ana shu har bir sinfdagi talabalarning o‘ziga xos rizqidir.
Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar! Assalomu alaykum va rohmatulloh
القدر لا يكون عذرا للمستقبل بل يكون تأسيا للماضي بعد التوبة!
‼️Qadar kelajak uchun bahona bo‘lmaydi balki, tavba qilingach moziy uchun tasalli bo‘ladi.
🧊 Sharh:
❗️Qazo – Alloh taolo hamma narsalarning kelajakda qanday bo‘lishini bilishidir.
❗️Qadar – o‘sha narsalarning Alloh taoloning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir.
❗️Qadar kelajak uchun bahona bo‘lmaydi – inson bir gunoh qilishni rejalab, qadarda shu ish bo‘lishi bitilgan bo‘lsa men nima ham qila olardim deyolmaydi. Zero, bir ish sodir bo‘lgach uning qadar ekani ma‘lum bo‘ladi.
balki, tavba qilingach moziy uchun tasalli bo‘ladi – bir odam bilib-bilmay, qasddan yoki xatoan gunoh qilib qo‘ydi. So‘ng, afsuslanib haqiqiy tavba qildi. Tavba qilganidan keyin ham qayta-qayta eslab o‘zini yeb bitirishi to‘g‘ri emas. Balki, Alloh taoloning qadari ekan, tavbamni qabul qilib, gunohlarimni kechirishini umid qilaman, deya o‘ziga tasalli bermog‘i munosibdir.
Hayo va behayolik ham bunga yana bir misoldir. Bayoni: Hayoli odam yolg‘izligida ham va odamlar ichida ham xotirjam bo‘ladi. Behayo inson esa yolg‘izligida ham xavotirda, odamlar ichida ham ayblari ochilishidan qalbiy iztirobdadir...
Bu so‘zni hammamiz eshitganmiz. Samimiylik nafs rohatidir. Aksincha, takalluf, ikkiyuzlamachilik va munofiqlik nafsga judayam og‘ir. Negaki, bu sifatlar boshqalarni aldashdan oldin kishi o‘z nafsini aldash turlari va bosqichlaridir. Hadisi sharifda kelganidek: Rostgo‘ylik xotirjamlikdir. Yolg‘on esa bexalovatlikdir. Ya‘ni, rostgo‘y va samimiy odam doim xotirjam. Yolg‘onchi va ikkiyuzlamachi inson doim qalbiy iztirobda va bexalovatdir. Yolg‘oni, takallufi, ikkiyuzlamachiligi va nifoqi ochilib qolishidan qo‘rqib yashaydi...
Mazhabni mahkam tutish bu – qalblarda bandalikni va jamiyatlarda esa shariat boshchiligini mustahkamlashdir. Shariatni insonlar xohishiga moslashtirish bu – din emas.