Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri
Aziz Abduhakimov hamda Suv xo'jaligi vaziri
Shavkat Hamroyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi
(UNCCD) Tomonlar konferensiyasi 16-sessiyasining (COP16) ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
“Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda konvensiyasining 197 ta ishtirokchisi (196 ta davlat va Yevropa Ittifoqi) vakillari ishtirok etmoqda. Konferensiya joriy yilning 13-dekabriga qadar davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Samarqandda BMTning Cho'llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko'rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi oʻtkazilgan boʻlib, unda 196 mamlakatdan 1000 dan ortiq delegat ishtirok etgan.
🌐aokaxorazm.uz |
💬Facebook |
✅Telegram |
🌐Instagram