View in Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida 462,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan issiqxona aniqlandi “Hududgaztaʼminoti” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi. Tumanning “Qozoqnayman” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelingani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 462,7 million soʻmlik zarar hisoblandi. Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=13001 💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily