🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.
🗣Xabaringiz bor,
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvallar asosida Andijon viloyatining barcha tuman, shaharlarida xatlov ishlari davom etmoqda.
📆Bugun,
🌟Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari R.Nishonov boshchiligida viloyatda amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va alohida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
⭕️Jumladan, yig‘ilish davomida ishlarni sifatli tashkil etish, xatlov natijalarini elektron dasturga kiritilishi, o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, ko‘chmas mulklar ma’lumotlarni to‘g‘ri shakllantirish, mavjud muammolarni joyida ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |
🌐 Instagram |
🌐 Facebook|
🌐 You tube