#munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida noqonuniy qurilmalar qurilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Murojaatdagi yer maydoni tumanning Mash’al mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning oldi qismidagi yer maydoni bo'lib, o‘rganilganda tuman hokimining farmoyishiga asosan fuqaro R.A ga ajratib berilganligi aniqlandi.
Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr bo'limining vakolatlariga kiruvchi qonun buzilish holatlari mavjud emasligi sababli holat boshqa vakolatli organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube