Prezidentimizning qarori bilan yoshlarning chet tillarini o‘rganishiga
alohida e’tibor qaratayotganimizdan xabaringiz bor. Buning natijasida
18 turdagi xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori natijaga erishgan
13 084 nafar yoshning imtihon xarajatlari
kompensatsiya qilib berildi. Bu qariyb
23 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Birgina IELTS bo‘yicha
9 770 nafar yoshga kompensatsiya to‘landi.
Bu tizimning qulayligi — barchasi onlayn. Ortiqcha ovoragarchilik yo‘q. Hujjatlar
my.gov.uz orqali onlayn topshiriladi. Tasdiqnomadan so‘ng esa
Xazna mobil ilovasi orqali imtihon pullarini onlayn qaytarib olsa bo‘ladi. Ilovani yuklab olish:
iOS |
Android
@alisher_sadullaev