⚡️Poliglot yoshlar uchun yangi imkoniyatlar! (1-qism)
2022-yil, 1-yanvardan arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.
Avvalroq
(IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida
ma’lumot bergandim.
2022-yil, 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning
yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni
jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Batafsil ma’lumot.
Читать на русском
@alisher_sadullaev