Qonunga qarshi ovoz bergan hamkasblarimga:Birinchidan, aroq yoki tabiiy tamaki insonga zarar, lekin bu zararni ma’lum bir bosqichgacha davolash mumkin. Sun’iy tamakidagi murakkab kimyoviy elementlar inson tanasidan chiqib ketmaydi, DNKni buzadi, intellektual o‘sishni keskin zaiflatadi va reproduktiv salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.Ikkinchidan, aroq yoki tabiiy tamakini, asosan, katta yoshdagilar iste’mol qiladi, ular o‘zi uchun tanlovini qilib bo‘lgandir, lekin elektron sigaretalar maktab o‘quvchilari yoki 30 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida keng yoyilib ketmoqda. Iste’molchinng 3 tadan 2 tasi yoshlar. Yarmi qizlar. Yoshlar va albatta, xalqimiz bu ofatning kelajakdagi zararidan qutula olmaydilar.
Buni hozir to‘xtatmasak, 20 yildan keyin hech qanday qonun yoki davlat dasturi sezilarli ko’p intelektual zaif qatlamga yordam bera olmaydi.
@alisherQodir