Milliy tiklanish fraksiyasining majlisida bir qator muhim qonun loyihalari ma’qullandi. Qonun loyihalari bilan quyidagi normalar taklif qilingan:
- Istirohat bog’larida qurilish qilish taqiqlanmoqda;
- Bir maqsadda olingan qurilish uchun yer maydoni shaharsozlik rejasiga zid bo’lmasa, boshqa maqsadda foydalanish uchun o’zgartirilishi mumkinligi belgilanmoqda;
- Elektron sigaretalar tamoman taqiqlanmoqda;
- Tibbiy xizmat ko’rsatish tizimi takomillashmoqda, ya’niquyidagi shifokor (oila shifokori yoki poliklinika) ko’rigi yoki tavsiyasi bo’lmasa, ixtisoslashgan Tibbiy markazlarda ko’rikdan o’tish pullik qilinmoqda;
- MIB qarzdorning undiradigan narsasi bo’lmasa, uni qarzdorlar reyestriga kiritadi va qarzdorga nisbatan belgilangan cheklovlar qarz bartaraf etilmaguncha kuchida qoldiriladi;
- Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtiruvchi uchun ehtimoliy zararlardan sug’urta qilish tizimi takomillashtirilmoqda.
Loyihalar ertaga bo’ladigan Qonunchilik palatasi Yalpi majlisida ko’rib chiqiladi.
@alisherQodir