Mantiq burchagi!
Siz hali ham o'sha sehrli oroldasiz. Sexrli orolda faqat bo’rilar va quyonlar yashaydi. Ular sexrli xislatlarga ega. Bo’rilar haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlari faqat rost gapiradilar, qolgan kunlari esa faqat yolg’on gapiradilar. Quyonlar esa haftaning payshanba, juma va shanba kunlari faqat yolg’on, qolgan kunlari esa faqat rost gapiradi.
a) Kechadan oldingi kun men yolg’on gapirdim;
b) Men ertadan keyin yolg'on gapiraman;
❓Savol: Bo'ri yuqoridagi jumlalarni haftaning qaysi kunlari aytishi mumkin?
Javob 21:00 da e'lon qilinadi.
Javobni
@AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin
😁 ❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa
@AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.
🤔 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!
#logicBizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |
Youtube |
Medium